05:16 21 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Granat

Qozogʻiston Oʻzbekistondan anor mevasini olib kirishni taqiqladi

© Sputnik / Asatur Yesayants
Iqtisod
Havola olish
655 0 0

Soʻnggi paytlarda inspektorlar tez-tez mevada zararkunandalar, xususan, kosmtok qurti borligini aniqlashgan.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Qozogʻiston 19 fevraldan mamlakatga Oʻzbekistondan anor mevasini olish kelishni vaqtinchalik taqiqladi, deb xabar qildi Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, soʻnggi paytlarda inspektorlar tez-tez mevada zararkunandalar, xususan, kosmtok qurti borligini aniqlashgan.

Joriy yilning soʻnggi oyi mobaynida Qozogʻiston Oʻzbekiston hududidan karantin obʼyekti komstok qurti bilan zararlangan anor olib kelinganligining ikkita holatini aniqlagan.

Maʼlumot uchun: Komstok qurti, kometok chervetsi (Psiudococcus comstocki Huw.) — koktsidiyalar kenja turkumiga kiradigan hasharot, ichki va tashqi karantin obʼyekti. Tanasi oq mumsimon parda bilan qoplangan. Oʻsimliklarning tanasi, poyalari, shoxlari, barglari, kurtaklari, shona, gʻuncha, gullari, mevalariga zarar yetkazadi.

Asosiy mavzular