06:47 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Vvod v ekspluatatsiyu TES

Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi sohasini tanqid qildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Iqtisod
Havola olish
319 0 0

TOSHKENT, 21 fev – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 20 fevral kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda elektr energetikasi sohasini tanqid qildi.

Xususan, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi “Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasidan Xorazm – Sarimoy punktigacha 220 kilovoltli elektr liniyalarini tortish”, “Yuqori kuchlanishli podstantsiyalarni modernizatsiya qilish”, “Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stantsiyasini qurish” loyihalarini amalga oshirish muddatlari kechikish masalasi muhokama qilindi.

Energetika vazirligi va “Oʻzbekenergo” aktsiyadorlik jamiyatiga xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlarini toʻliq oʻzlashtirish, loyihalarni oʻz vaqtida bajarib, mablagʻlarni iqtisod qilish vazifasi qoʻyildi.

Undan tashqari elektr energiyasi quvvatlarini modernizatsiya qilish ishlari talab darajasida emasligi qayd etildi. Tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishga umuman eʼtibor qaratilmagani va buning oqibatida korxonalar qarz olish yoki loyihalarni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirishga majbur boʻlayotgani qayd etildi.

Xabarda aytilishiga koʻra, 2019 yilgi Investitsiya dasturiga elektr energiyasi tizimi boʻyicha umumiy qiymati 8,1 milliard dollarlik 33 ta loyiha kiritilgan. Joriy yil qariyb 620 million dollar oʻzlashtirilib, 7 ta yirik loyiha ishga tushirilishi belgilangan.

Eslatib oʻtmiz, 1 fevralda eʼlon qilingan prezident qarorida “Oʻzbekenergo” aktsiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish haqidagi qonun loyihasini tayyorlash topshirilgan edi. Yangi qarorga koʻra elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi – yetkazib beruvchi – taqsimlovchi vazifalardan kelib chiqib, korxonalar funktsiyasini aniq ajratish, sohaga bozor munosabatlari, jumladan, davlat-xususiy sherikligini joriy etish belgilangan edi.

 

Asosiy mavzular