08:28 26 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Iqtisod
Havola olish
306 0 0

Frantsiya kompaniyasi rahbariyati Oʻzbekistonda investitsion iqlim yaxshilanib borayotganini qayd etib respublikaga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 21 fev - Sputnik. Qurilish materiallari savdosi bilan shugʻullanuvchi yirik tarmoqli magazinlardan biri - Leroy Merlin Oʻzbekistonda ham oʻz filialini ochishi mumkin. Bu haqida Spot.uz xabar qilmoqda.

Oʻzbekiston – Frantsiya biznes forumi doirasida tomonlar bir necha yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishgan. Ular orasida energetika, logistika, injiniring, qurilish materiallari, kosmetika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqish rejalari bor.

CCI France Russie kompaniyasi direktori oʻrinbosari Nikolya Dyukre aytishiga koʻra, Oʻzbekistonda investitsion iqlim oʻzgarmoqda. Natijada frantsiya kompaniyalari Oʻzbekistonni boʻlajak biznes uchun imkoniyat paydo boʻlgan joy sifatida koʻrib chiqmoqdalar.

Ana shunday kompaniyalardan biri, qurilish materiallari savdosi bilan shugʻullanuvchi Leroy Merlin kompaniyasidir.

Rossiyada muvaffaqiyatli biznes yuritib, qurilish materiallari savdosi bilan shugʻullanuvchi gipermarketlar tarmogʻi tashkil qilgan ushbu kompaniya endi Oʻzbekistonda ham magazin ochishni rejalashtirmoqda. Oʻtgan yili kompaniya vakillari Oʻzbekistonga tashrif buyurishgan edi.

Biroz oldin Frantsiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Violen De Vilmor mart oyining oxirida Oʻzbekistonda Frantsiya iqtisodi haftaligini oʻtkazish rejalashtirilayotganini xabar qilgan edi.

Asosiy mavzular