22:11 11 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Gazovaya stantsiya kompanii Lukoyl v Djarkuduke, Uzbekistan

Endi "Lukoyl" Oʻzbekiston ichki bozoriga ham gaz yetkazib beradi

REUTERS / Olesya Astakhova
Iqtisod
Havola olish
386 0 0

Dastlabki shartnomaga koʻra, ishlab chiqarilayotgan gazning 100 % Xitoyga eksport qilishini kerak edi.

TOSHKENT, 6 mar – Sputnik. Oʻzbekiston hukumati va Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi Qandim konidan qazib olinayotgan gazning bir qismini Oʻzbekiston ichki bozoriga yetkazib berish haqida kelishib oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti “Lukoyl” rahbariyatiga asosan.

Lukoyl vitse-prezidenti Azat Shamsuarov aytishiga qaraganda, 2018 yilda Oʻzbekiston tomonida respublika ichki bozoriga yetkazib bergan gaz uchun 600 mln. dollarlik qarzdorlik hosil boʻlgan. Oʻtkazilgan muzokaralar davomida ushbu qarzni tezkor qaytarishning imkoni yoʻqligi va uni 2 yil oyma-oy ravishda boʻlib boʻlib qaytarishga kelishib olingan.

Kelajakda ham ana shunday qarzdorlik hosil boʻlishini hisobga olgan holda "Lukoyl" va "Oʻzbekneftgaz" orasida yangi kelishuv imzolangan.  

“Biz kelajakda ham yiliga 5 milliard tonnagacha boʻlgan hajmdagi gazni Oʻzbekiston ichki bozoriga eksport netbek narxidan 12,5 %li chegirma bilan yetkazib berishga kelishib oldik. Oʻylaymizki, erishilgan ushbu kelishuvlar kelajakda loyihalarimizni amalga oshirish va  kiritilgan sarmoyalarni qaytarish uchun mustahkam poydevor yaratadi”, - dedi Shamsuarov.  

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekneftgaz” va “Lukoyl” orasida imzolangan shartnomaga koʻra, Rossiya kompaniyasi kiritilgan investiitsiyalarni ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotni eksport qilish evaziga qaytarib olishi kerak edi. Shuning uchun ham majmuaning 100% mahsuloti Xitoyga eksport qilinishi rejalashtirilgan edi.   

2018 yilda ishga tushirilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasiga “Lukoyl” kompaniyasi 8 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Majmuaning yillik quvvati - 14,5 milliard metr kub gazni tashkil qiladi. Kelajakda shundan 5 mlrdgacha boʻlgan miqdori Oʻzbekiston ichki bozoriga yetkazib berilishi mumkin.

Asosiy mavzular