09:26 26 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Samolet Il-114-100

"Yakutiya" Oʻzbekistondan Il-114 samolyotlarini sotib olmoqchi

© Sputnik / Sergey Gavrilenko
Iqtisod
Havola olish
515 0 0

“Yakutiya” aviakompaniyasi va Oʻzbekiston Havo yoʻllari orasidagi bitim qiymati 50 mln dollar miqdorida belgilangan.

TOSHKENT, 12 mar - Sputnik. Rossiyaning "Yakutiya" va "KrasAvia" aviakompaniyalari Oʻzbekiston Havo yoʻllaridan oltita Il-114-100 kichik yoʻlovchi samolyotlarini sotib olishi mumkin, deb xabar qilmoqda Rossiya OAVlari.

Ushbu samolyotlardan ayni damda Oʻzbekistonda foydalanilmayapti. 2018 yilda ular A320 samolyotlari bilan almashtirilgan edi.

Xabarda aytilishiga koʻra, bitim narxi samolyotlar ehtiyot qismlari, aviatrenajer hamda va kerakli qoʻshimcha uskunalar bilan birgalikda 50 million dollar miqdorida belgilangan.

Ushbu samolyotlarni sotib olishdan maqsad - kelajakda Rossiyada ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan Il-114-300 samolyotlarining ekspluatatsiyasiga tayyorgarlik koʻrish, uchuvchilarni oʻrgatish, deyilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Rossiyada Il-114-300  samolyotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmoqda. Aviakompaniyalarga yangi samolyotlarni 2023 yilda yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda “Yakutiya” aviakompaniyasi An-24 samolyotlaridan foydalanmoqda. Bu samolyotlar 2023 yilga qadar butunlay ishdan chiqishi mumkin.

Asosiy mavzular