09:39 26 Mart 2019
Efir
  • RUB129.72
  • EUR9491.57
  • USD8389.97
Kompaniya GM Uzbekistan predstavila novuyu Malibu Turbo v eksklyuzivnom tsvete

GM Uzbekistan yangi optsiyali avtomobillar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi

© GM Uzbekistan
Iqtisod
Havola olish
1454 0 0

GM Uzbekistan kompaniyasi 2019 yilning mart oyidan yangi optsiyali avtomobillarni ishlab chiqarishni sinov tariqasida yoʻlga qoʻydi.

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. GM Uzbekistan xaridorlarga qoʻshimcha qurilma va optsiyalar tanlash imkoni boʻlgan yangi Plus paketini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

GM Uzbekistan kompaniyasi 2019 yilning mart oyidan yangi optsiyali avtomobillarni ishlab chiqarishni sinov tariqasida yoʻlga qoʻydi. Xaridorlar yangi optsiyali avtomobillar uchun joriy yilning 15 mart kunidan eʼtiboran rasmiy dilerlar orqali shartnoma tuzishlari mumkin boʻladi. Mart oyida shartnoma tuzgan xaridorlarning yangi optsiyali ilk avtomobillari 2019 yilning iyun oyida yetkazib beriladi.

Yangi avtomobil optsiyalari modifikatsiyasiga qarab quyidagi optsiyalarni oʻz ichiga oladi:

• Oʻrindiq va old oynalarni isitish;
• Rulning charm qoplamasi;
• Qoʻshimcha shovqin izolyatsiyasi; 
• Radiatorning xrom bilan qoplangan panjarasi; 
• Masofada boshqariladigan orqa koʻrinish oynasi; 
• Elektron turgʻunlik tizimi; 
• Shina bosimi monitoringi tizimi va boshqalar.

Dastlabki bosqichda qoʻshimcha optsiyalar bilan Spark, Nexia va Lacetti avtomobillari jihozlanadi, keyinchalik esa ushbu roʻyxat Cobalt modeli bilan toʻldiriladi.

Tracker va Malibu avtomobillariga foizsiz toʻlov 2 yilga uzaytirildi

2019 yilda yangilangan qoʻshimcha optsiyalar roʻyxati hamda ular bilan jihozlanadigan avtomobillar soni ortib boradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq GM Uzbekistan kompaniyasining Nurafshon shahrida joylashgan “Nurafshon Avtocentr” avtosaloni xaridorlarga avtomobil xaridi jarayonida qulaylik yaratish maqsadida Kupicar.uz yangi savdo platformasini ishga tushirgani haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular