10:59 25 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36

Rossiyaga qatnash uchun Xitoydan 100ta avtobus sotib olindi

© UzA
Iqtisod
Havola olish
691 0 0

Xalqaro yoʻnalishda avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish va mehnat migrantlarini manzilga yetkazish uchun 100 ta avtobus sotib olindi.

TOSHKENT, 14 mar – Sputnik. Oʻzbekistonga Xitoydan 100ta Yutong avtobuslari olib kelinadi. Ushbu avtobuslar yordamida Oʻzbekistondan xorijiy davlatlarga avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar qilmoqda UzA.

"Xorijiy davlatlarga vaqtinchalik ishlash uchun chiqib ketayotgan fuqarolarni manzillariga oʻz vaqtida xavfsiz yetkazib qoʻyishni tashkil etish maqsadida «Uzautotrans Service» maxsus kompaniyasi avtobusda tashuvlarni amalga oshirishga ixtisoslashtirilgan milliy korxonasi tashkil etilgan edi", - deydi «Uzautotrans Service» bosh direktori Saidrahim Ikromov.

Ushbu loyiha prezidentning 2018 yil 5 martdagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlardan biri hisoblanadi.

Mazkur korxona avtoparkini zamonaviy avtobuslar bilan taʼminlash maqsadida Xitoyning «Zhengzhou Yutong Bus Co. Ltd.» kompaniyasidan 168 dona koʻp oʻrindiqli zamonaviy avtobuslarni sotib olish boʻyicha kelishuvga erishildi.

«Uzautotrans Service» maxsus kompaniyasi ushbu yangi avtobuslarda samarali faoliyat koʻrsatishni tashkil etish maqsadida maxsus tanlov asosida 120 yaqin haydovchini saralab oldi. Ularning malakasi maxsus oʻquv dasturi asosida oshirilib, xorijiy davlatlar hududida harakatlanayotganda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar haqida toʻliq tushunchalar berildi, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular