07:51 16 Iyun 2019
Efir
  • RUB131.33
  • EUR9652.52
  • USD8518.68

AQSH va Oʻzbekiston 450 million dollarlik shartnoma imzolashdi

© Sputnik / Maksim Blinov
Iqtisod
Havola olish
34110

AQSH kelajakda Oʻzbekiston gaz-kimyo sanoatiga 1,5 milliard dollar investitsiya kiritishi mumkin.

TOSHKENT, 14 mar – Sputnik. Amerikaning Air Products kompaniyasi va “Oʻzbekneftgaz” AJ payshanba kuni umumiy qiymati 450 million dollar boʻlgan qoʻshma korxona qurish haqida shartnoma imzolashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Oʻzbekiston energetika vazirligiga asosan.  

“Payshanba kuni umumiy qiymati 450 million dollar boʻlgan texnik gazlar ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona yaratish shartlari haqida shartnoma imzolandi”, - dedi Energetika vazirlgi vakili.

Tomonlar, shuningdek Oʻzbekiston hududida geliy va tabiiy gaz ishlab chiqarish haqida memorandum imzolashdi.

AQShning Air Products kompaniyasi delegatsiyasi Oʻzximsanoat hamda  Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligida Sirdaryo viloyatida ammiak va karbomid ishlab chiqarish haqida muzokaralar oʻtkazdi.

2018 yilning oktyabr oyida Air Products kompaniyasi va "Oʻzbekneftegaz" gazlarni chuqur qayta ishlash asosida mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha bir qator loyihalarni amalga oshirish haqida shartnoma imzolagan edilar. Xolding xabar qilishiga koʻra, kelajakda Oʻzbekistonda umumiy qiymati 4,25 milliard dollar boʻlgan yangi gaz-kimyo klasteri qurish rejelashtirilgan.

Istiqbolli loyihalar qatorida 1,5 milliard kubometr gazni qayta ishlash natijasida 200-250  ming tonna polipropilen, 100 ming tonna etilen-propilen kauchuka, 100 ming tonna – polietilentereftalat  va etilenvinilatsetat, 100-150 ming tonna etilenglikol va polietilen ishlab chiqarish loyihalari koʻrib chiqilmoqda.

Asosiy mavzular