02:45 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Iqtisod
Havola olish
165 0 0

2018 yilda Rossiyadan Oʻzbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan salkam 4 milliard dollar oʻtkazilgan.

TOSHKENT, 1 apr – Sputnik. 2018 yilda Rossiyadan Oʻzbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul oʻtkazmalari hajmi 1,4 %ga oshdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Markaziy banki.

 “2018 yilda Rossiyadan Oʻzbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul oʻtkazmalari hajmi 3,963 milliard dollarni tashkil qildi. Bu 2017 yilga nisbatan 1,4 %ga koʻp”, - deyilgan Markaziy bank hisobotida.

2017 yilda Rossiyadan Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari hajmi   3,907 milliard dollarni tashkil qilgan edi.

Umumiy hisobda 2018 yilda xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga 5,114 milliard dollar oʻtkazilgan. Eng koʻp mablagʻlar Rossiya, Qozogʻiston, Janubiy Koreya va AQShdan yuborilgan.

Oʻzbekiston rasmiy statistik maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilda xorijiy mamlakatlarda 2,6 million Oʻzbekiston fuqarolari mehnat qilgan. Bu mehnatga layoqatli aholi sonidan 20% ini tashkil qiladi. Mehnat migrantlarining 85 % - Rossiyada ishlayotgani ham maʼlum.

Rossiya IIV xabariga koʻra, oʻzbekistonlik mehnat migrantlari jami migrantlarning 10 %ini tashkil qiladi. Bu 1 millionga yaqin fuqaro.

Asosiy mavzular