09:53 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
199 0 0

Oʻzbekiston tomoni yiliga 2 million tonnagacha boʻlgan hajmda Qozogʻiston neftini olishga qiziqish bildirgan.

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Oʻzbekiston bilan energetika sohasidagi hamkorlikning ayrim masalalari toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qildi.

Qozogʻiston rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu qonun loyihasi avvalroq Qozogʻiston parlamenti senati deputatlari tomonidan koʻrib chiqilib maʼqullangan.

Bitim neft-gaz, neft-kimyo va elektr energetikasi sohalaridagi hamkorlikni ragʻbatlantirish, Qozogʻistonning janubiy viloyatlariga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, kelishuv tomonlari gaz-transport tizimining tranzit salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Hujjatda Oʻzbekiston tomoni yiliga 2 million tonnagacha boʻlgan hajmda Qozogʻiston neftini olishga qiziqish bildirgani qayd etilgan. Oʻzbekiston tomoni neftning rejalashtirilayotgan hajmini qabul qilib olish uchun oʻz hududida neft transporti va neftni qayta ishlash infratuzilmalari qurilishini vaqtida yakunlashga kafolat berayotgani taʼkidlangan.

Shuningdek, bitim doirasida uning barcha normalari oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qiluvchi hamda tartibga soluvchi muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish nazarda tutilgan.

Bitim bilan Qozogʻiston tomoni Chimkent-Jizzax magistral neft quvuri ishga tushirilgunga qadar magistral quvur orqali neft transportirovkasi boʻyicha xizmatlarga nol stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solishini tartibga solinadi. Shu bilan birga, Qozogʻiston soliq qonunchiligiga muvofiq, qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish maqsadida magistral quvur orqali neft transportirovkasi boʻyicha xizmatlar Qozogʻiston tomonidan xalqaro tashuvlar sifatida koʻriladi

Asosiy mavzular