23:32 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan

Kim haq? GM Uzbekistan va Oʻzbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining bahsi

© Novosti Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
48710

Bugun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi GM Uzbekistan tumanga qarshi faralarni oxirigacha yetkazib bermaganligini fosh qilgani haqida xabarlar paydo boʻlgandi.

TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. GM Uzbekistan Oʻzbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining kompaniya avtomobillarining tumanga qarshi faralarsiz yetkazib berilganligi holatlari aniqlanganligi boʻyicha xabari yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Avtomobil Ravon Nexia R3
© Sputnik / Ilya Pitalev

Xabarda taʼkidlanishicha, avtomobillarni tumanga qarshi faralarsiz xaridorlarga yetkazilish holatlari mazkur butlovchi qismning yetkazib berilishida kechikish yuzaga kelganligi sababli xaridorlarni ogohlantirgan va ular bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan. Avtomobillarni egalariga oʻz vaqtida yetkazib berish maqsadida kompaniya ularni vaqtincha tumanga qarshi faralarsiz, keyinchalik oʻrnatib berish sharti bilan qaror qabul qilgan. 

“Tumanga qarshi faralarning Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining talabi bilan qoʻyib berilganligi haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, sababi avtomobillarga mazkur butlovchi qismlarni oʻrnatib berish GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan doimiy nazoratda boʻlgan va bu haqda xaridorlar ham ogohlantirilgan”, - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, bugun ayrim ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan GM Uzbekistan avtomobillarining tumanga qarshi faralarsiz yetkazib berilganligi holatlari aniqlanganligi boʻyicha xabar eʼlon qilingan edi.

Asosiy mavzular