OAV: Ravon avtomobillari Rossiyada yig‘ila boshlanadi

© RavonRavon R2
Ravon R2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Ravon brendi Rossiyaning Derways zavodi bilan o‘z modellarini cherkes korxonasida yig‘ish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. O‘zbekistonning Ravon brendi Rossiyaning Derways zavodi bilan o‘z modellarini cherkes korxonasida yig‘ish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda “Izvestiya” manbasiga tayanib xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, hozirda Ravon konveyerini yig‘ish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Yoz oyining o‘rtalaridan boshlab modelni pilot loyihasi doirasida yig‘ish boshlanishi kutilmoqda. Keng miqyosli ishlab chiqarishni esa joriy yil oxirlariga borib yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Ravon v Rossii: bit ili ne bit  - Sputnik O‘zbekiston
Ravon Rossiyaga qaytishi haqida ekspertlar fikri

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu xabarni kompaniya izohlamagan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda Rossiya bozoriga faqatgina O‘zbekistondan import qilingan avtomobillar olib kelinadi.

“Avto Revyu” jurnalining bosh muharriri Leonid Golovanov so‘zlariga qaraganda, sobiq SSSR hududida Ravon eng yirik brenlardan biri hisoblanadi. Rossiya bozoriga qaytsa mashinalarni sotib olishadi.  Uning fikriga ko‘ra, bu markadagi avtomobillar har doim past narxda bo‘lgani uchun raqobatbardosh bo‘lgan.

Avtoekspert Aleksandr Dobin - Sputnik O‘zbekiston
Dobin: Ravon Rossiyada ommabopligini yo‘qotdi

Avtoekspert Roman Gulyayev fikriga ko‘ra, Rossiya bozoriga qaytish kompaniyaga va umuman olganda O‘zbekiston iqtisodiyotiga daromad keltirmaydi. Ravon ishonarli sherik sifatida o‘zini ko‘rsata olmadi va oxir-oqibat rossiyalik avtomobil egalari orasida ommabop brendga aylanmadi. Shuningdek, kompaniya bilan hamkorlik dilerlarga xavf tug‘diradi, deb hisoblaydi ekspert.

Ravon avtomobillari Rossiya bozorida avtomat uzatmalar qutisiga ega bo‘lgan eng arzon avtomobillar edi. O‘tgan yilning birinchi choragida Ravon Rossiyada 5000 ga yaqin avtomobil sotgan, keyin avtomobillar yetkazib berish to‘xtatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan o‘zining Ravon brendi bilan Rossiya bozoriga qaytayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0