22:56 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36

Uoll-strit investorlari Oʻzbekistonga keladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Iqtisod
Havola olish
215 0 0

Uoll-stritlik badavlat investorlar Oʻzbekistonga sarmoya kiritish imkoniyatini oʻrganmoqda.

TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. Nyu Yorkning eng yirik iqtisodiy birja, bank va sarmoya kompaniyalari joylashgan mashhur Uoll-stritning bir necha moliyaviy kompaniyalari sarmoya kiritish imkoniyatini oʻrganib chiqish maqsadida Oʻzbekistonga keladi, deb xabar qilmoqda Xalq soʻzi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligiga asosan.

Xabarda aytilishiga koʻra, yaqinda Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasida Uoll-stritdagi Amerikaning yetakchi korporatsiyalari, fond va banklari vakillari bilan kengaytirilgan uchrashuv boʻlib oʻtgan.

Unda Lazard Asset Management, GoldenTree Asset Management, Morgan Stanley Investment management, Eaton Vance Corp, Callaway Capital Management, VanEck, HIMCO, Jyske Capital, Oppenheimer, TIAA kabi 30dan ortiq yirik kompaniyalardan 50dan ziyod vakil ishtirok etgan.

Muloqot yakunida yaqin kunlar ichida Uoll-stritdagi bir nechta investitsiya korporatsiyalari mutasaddilarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishilgan. Ular kelgusida sarmoya ajratish maqsadida mahalliy bozorni oʻrganishadi.

Forum davomida Shveytsariyaning Vontobel banki portfeli menejeri Sergey Goncharov Oʻzbekistonda hayotning barcha sohalarida olib borilayotgan tub oʻzgarishlar salohiyatli investorlarga ham maʼqul kelib, ularga ishonch bagʻishlayotganini taʼkidladi.

Oppenheimer Co.Inc. bankining tahlil va suveren bozorlarni tadqiq qilish boʻyicha boshqaruvchi direktori Natali Marshik esa Oʻzbekistonning jahon moliya bozoriga ochilayotganini muhim deb atadi.

Xususan, u respublika rahbariyatining suveren yevroobligatsiyalarni joylashtirish, neft-gaz, qishloq xoʻjaligi, energetika sektorlarini isloh qilish, qolaversa, moliya sohasini liberallashtirish borasidagi saʼy-harakatlarini alohida eʼtirof etgan.

Asosiy mavzular