09:51 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Luk na gryadke

Qishloq xoʻjaligida radiatsion texnologiyalar joriy etilishi mumkin

CC BY 2.0 / amira_a / not WORKING ON MY TAN
Iqtisod
Havola olish
109 0 0

Tibbiyot va qishloq xoʻjaligi sohasida radiatsion ishlov berish texnologiyalardan foydalanish mahsulot sifatini oshirishga olib keladi.

TOSHKENT, 15 apr - Sputnik. “Rosatom” tarkibiga kiruvchi "Rusatom Xelskea" aktsiyadorlik jamiyati va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qishloq xoʻjaligi va tibbiyot sohasida radiatsion texnologiyalardan foydalanish haqida anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu hujjat Shu kunlarda Sochi shahrida boʻlib oʻtayotgan "Atomekspo-2019" xalqaro forumi doirasida imzolandi.

“Memorandum doirasida tomonlar Oʻzbekistn yadro fizikasi instituti huzurida tsiklotron radiokimyoviy ishlab chiqarish maydonchasi yaratish va Oʻzbekistonda radioizotoplar ishlab chiqarishni va eksport qilishni yoʻlga qoʻyishni nazarda tutadi”, - deyilgan xabarda.

Memorandum, shuningdek,  Oʻzbekistonda tibbiy va qishloq xoʻjalik mahsulotlariga radiatsion ishlov berish markazi tashkil qilishni nazarda tutadi.

“Zamonaviy radiatsion texnologiyalardan foydalanish bizning qishloq xoʻjalik mahsulotlarimizning sifatini oshirish va eksport hajmini koʻpaytirishga xizmat qiladi”, - deyilgan Energetika vazirligi xabarida.

Maʼlumot uchun, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida radiatsion texnologiyalardan samarali foydalanib kelinmoqda. Xususan, maʼlum miqdorda radiatsion ishlov berilganda urugʻlar yaxshiroq oʻsishi, hattoki eskirgan urugʻlarda ham oʻsish qobiliyati qayta tiklanishi, mahsulot hosildorligi 20-30 %ga oshishi, qurt-qumusqalarga qarshi samarali kurashishi hamda mahsulot tez buzilishining oldini olishi mumkin. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya 2030 yilga qadar Oʻzbekiston hududida umumiy quvvati 2,4 GVt boʻlgan atom elektr stantsiyasi qurishga kelishib olishgan edi. Ayni damda ushbu loyiha uchun joy tanlash jarayoni davom etmoqda. AES quriishi 2022 yilda boshlanishi kerak.

Asosiy mavzular