23:45 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36
Denejnыe kupyurы Uzbekistana

Statistik hisobotlarni taqdim etish tartibini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

© Flickr / Aleksandr Zykov
Iqtisod
Havola olish
91 0 0

Oʻtgan haftada “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilingandi.

TOSHKENT, 16 apr – Sputnik. Davlat statistika qoʻmitasi “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida” Qonun loyihasini tayyorladi.

“Davlat organlari mansabdor shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portalida tegishli axborotni eʼlon qilish va yangilash tartibini buzishi, notoʻgʻri davlat statistika  hisobotlarini taqdim qilishi, - eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, - eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.”

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilingandi.

Prezident qarori Ochiq maʼlumotlar portali va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan.

Qarorda Davlat statistika qoʻmitasiga 2019 yil 1 iyulga qadar Portalda tegishli axborotni eʼlon qilish va yangilash tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanishini, shuningdek, notoʻgʻri davlat statistika hisobotlarini taqdim qilganligi uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash vazifasi qoʻyilgan.

Asosiy mavzular