14:10 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Elektronnыy schetchik

Davsuvinspektsiya xodimlarini ragʻbatlantirish tartibiga doir qaror loyihasi tayyorlandi

© Novosti Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
16410

Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspektsiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha byudjetdan tashqari jamgʻarmasini tashkil etish koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 16 apr – Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspektsiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Ushbu qaror bilan Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspektsiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha byudjetdan tashqari jamgʻarmasini tashkil etish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, qaror loyihasiga ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspektsiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilova qilingan.

Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalari qoʻyidagilar belgilanadi:

- suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan qoʻllangan jarimalardan ajratmalar;

- jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezedentlaridan xayriya mablagʻlari;

- vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;

- qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa daromadlar.

“Jamgʻarma mablagʻlari Davsuvinspektsiyaning shaxsiy gʻazna hisob varaqlarida jamlanib, mablagʻlar qoldigʻi va daromadlar tushumiga koʻra, belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatga olingan daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Asosiy mavzular