O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

© Sputnik / Pavel LisisinZolotie slitki
Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil 1-aprel holatiga ko‘ra sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 26,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Markaziy bank 2019-yil 1-aprel holatiga O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

Zagotovki dlya chekanki monet  - Sputnik O‘zbekiston
Oltin tanga narxi keskin oshdi, Markaziy bank sababini tushuntirdi

Ma’lumotda qayd etilishicha, 2019-yil 1-aprel holatiga ko‘ra sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 26,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich mart oyida 27,4 mlrd dollar, fevralda 26,6 mlrd dollar, yanvarda 26,3 mlrd dollar bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisob varaqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilarni sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlangani haqida xabar bergandik. 

Hujjat loiyhasida aytilishicha, Markaziy bank tomonidan aholining investitsion va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida turli o‘lchamlardagi yombilar muomalaga chiqariladi. Yombilarni sotish va qaytarib xarid qilib olish Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0