16:28 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
108 0 0

Parvozlar zamonaviy A320 samolyotlarida amalga oshirilishi taʼkidlangan.

TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi 2019 yil 16 iyuldan boshlab Toshkent- Tbilisi -Toshkent yoʻnalishida muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, ushbu yoʻnalishdagi qatnovlar haftasiga ikki marta, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi:

Seshanba: HY-745 Toshkent 15:50 - Tbilisi 18:30

Seshanba: HY-746 Tbilisi 19:30 - Toshkent 23:50

Juma: HY-745 Toshkent 08:00 - Tbilisi 10:40

Juma: HY-746 Tbilisi 11:40 - Toshkent 16:00

Parvozlar zamonaviy A320 samolyotlarida amalga oshirilishi taʼkidlangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentdagi  Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga ikkinchi Airbus — A320-251neo samolyoti olib kelingani haqida xabar qilgan edik. Airbus — A320-251neo samolyoti – frantsuz kompaniyasining eng yangi samolyoti boʻlib, u 150 yoʻlovchi tashishga moʻljallangan. Samolyot nomidagi “Neo” abbreviaturasi  “New Engine Option”, yaʼni “yangi dvigatel bilan jihozlangan” maʼnosini anglatadi.  

Asosiy mavzular