Valyuta kurslari: dollar o‘sishda davom etdi, yevro esa - tushishda

© RIA NovostiKurs valyut
Kurs valyut - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevro kursi ikki hafta davomida sezilarli darajada kamaymoqda.

TOShKENT, 29 apr – Sputnik. Markaziy bank yangi hafta uchun valyuta kurslarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dollar o‘sishda davom etmoqda, Yevro kursi esa yana pasaydi

30 apreldan boshlab 1 AQSh dollari kursi 8445 so‘m 49 tiyn miqdori da belgilandi. Bu o‘tgan haftaga nisbatan 4 so‘m, 13 tiyinga o‘sgan.  

1 Yevro kursi esa, 9415 so‘m 3 tiyin miqdorida belgilandi. Bu o‘tgan haftaga nisbatan 78 so‘m, 12 tiynga kamayish degani. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada ham yevro 61,42 so‘mga kamaygan edi. 

Rossiya rubli miqdori 1,51 so‘mga kamayib 130 so‘m, 27 tiyinni tashkil qildi.

O‘zbekiston Markaziy banki valyutalar kursini talab va taklif asosida belgilaydi, lekin valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi. Fuqarolar valyuta xarid qilish yoki sotish uchun tijorat banklariga murojaat qilishlari kerak.

Yangiliklar lentasi
0