Qobulga O‘zbekiston texnikalari yetkazib berildi

© O'zavtosanoatSamarkandskiy avtomobilniy zavod eksportiroval 78 yedinis avtomobiley v Islamskuyu respubliku Afganistan.
Samarkandskiy avtomobilniy zavod eksportiroval 78 yedinis avtomobiley v Islamskuyu respubliku Afganistan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil mart oyidan may oyiga qadar Samarqand avtomobil zavodi Afg‘oniston Islom Respublikasiga 78 dona avtomobil eksport qildi.

TOShKENT, 7-may - Sputnik. SamAvto Afg‘onistonga navbatdagi texnikalar partiyasini jo‘natdi, deb xabar qildi "O‘zAvto" matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, "SamAvto" zavodi va Afg‘oniston Xaridlar bo‘yicha milliy idorasi o‘rtasidagi hamkorlik 2018-yilda, 121 dona tez yordam mashinasi (ambulans) yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilishi bilan boshlangan.

Avtosalon GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zavtosanoat” 32 ta dilerlik korxonasidagi o‘z ulushini sotadi

Yangi yilda yetkazib berilayotgan texnika turlari ko‘paygan va, 11 dona ambulansdan tashqari, Afg‘onistonga samosvallar, sut tashuvchi mashinalar, kran-manipulyator, sug‘orish-yuvish va kombinatsiyalangan sug‘orish-o‘rish supurish mashinalari ham jo‘natilgan.

65 dona yangi texnika, Afg‘oniston hududiga kirib kelgach, Qobul hokimligiga foydalanishga topshirilgan, 2 dona sut tashish mashinasi esa, bolalar bog‘chasiga xizmat ko‘rsatishga yuborilgan.

Afg‘onistonda mahsulotni ilgarilatish maqsadida, “SamAvto” MChJ va Ahmad Samir Ahmadi Ltd. kompaniyasi o‘rtasida dilerlik kelishuvi imzolandi, unga ko‘ra, ushbu kompaniya Afg‘oniston hududida texnikani sotishi, transport vositalariga kafolat va servis xizmatini ko‘rsatishi, ehtiyot qismlar yetkazish bilan shug‘ullanishi mumkin.

Shuningdek, Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan texnika Afg‘onistondagi potensial xaridorlar tanishishlari uchun O‘zbekiston tovarlari ekspozitsiyasi tashkil etilgan "Termiz-Kargo" hududiga qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0