06:55 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Shavkat Mirziyoyev posetil pole fermerskogo xozyaystva Komiljon ota Mamajonov Ferganskogo rayona

Mirziyoyev fargʻonaliklar qaysi sohalarda boy boʻlishlari mumkinligini aytdi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
37510

Davlat rahbari "Har bir oila - tadbirkor" dasturi doirasida oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan oilalarni aniqlab, ikki-uch oy ichida ularga belgilangan miqdordagi imtiyozli kreditlarni toʻliq ajratish zarurligini taʼkidlagan.

TOSHKENT, 8 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyati faollari ishtirokidagi yigʻilishda aholini ish bilan taʼminlash, daromadlarini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati. 

Davlat rahbari "Har bir oila - tadbirkor" dasturi doirasida oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan oilalarni aniqlab, ikki-uch oy ichida ularga belgilangan miqdordagi imtiyozli kreditlarni toʻliq ajratish zarurligini taʼkidlagan.

Fargʻona – mohir hunarmandlar, usta dehqonlar yurti. Bu yerning koʻnchilik, bogʻdorchilik anʼanalari – tayyor brend, shu bois, viloyatda charm va poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, "Charm-attorlik markazi"ni tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berilgan.

Shuningdek, kelgusi ikki yilda Oltiariq tumanida 3 ming gektar maydonda uzumchilik, Quva tumanida 2 ming gektarda anorchilik, Quvasoy shahrida 2 ming gektar maydonda giloschilik klasterlari tashkil etilishi maʼlum qilingan.

Yaqin yillarda Oltiariq tumanini toʻliq uzum yetishtirishga ixtisoslashtirish, ilmiy tadqiqot institutlari va Toshkent davlat agrar universiteti olimlarining tavsiyalari asosida bogʻ va tok qator oralarida bozorbop sabzavotlar yetishtirish rejalashtirilgani taʼkidlangan.

Asosiy mavzular