JB jamg‘armasi Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi uchun grant ajratdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishPlatniy uchastok skorostnoy trassi
Platniy uchastok skorostnoy trassi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘l-transport tizimida Jahon banki bilan hamkorlikda Toshkent-Andijon yangi pullik yo‘lini qurish bo‘yicha loyiha tayyorlanmoqda.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. 2019 yil 10-may kuni Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi rahbariyati Jahon banki vakillari bilan yo‘l-transport sohasida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Moskovskaya kolsevaya avtomobilnaya doroga v yujnoy chasti Moskvi (35 km. MKAD) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qaysi yo‘llar pullik bo‘ladi?

Muloqotlarda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyeyov tomonidan “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan keng ko‘lamdagi islohatlar amalga oshirilayotgani, buning natijasida ijtimoiy-ifqtisodiy sohalarda istiqbolli loyihalar xayotga samarali joriy etilayotgani ta’kidlangan.

Prezident qaroriga ko‘ra, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan 2019-yilda ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan loyihalar tasdiqlangan. Hozirgi kunda umumiy qiymati 2 mlrd AQSh dollari bo‘lgan 10 dan ko‘p loyiha ustida ish olib borilmoqda.

“Yo‘l-transport tizimida Jahon banki bilan hamkorlikda Toshkent-Andijon yangi pullik yo‘lini qurish bo‘yicha loyiha tayyorlanmoqda. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Jahon bankining GIF (Global Infrastructre Facility) jamg‘armasi tomonidan izlanish granti taqdim qilingan”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 10-16 may kunlari Jahon banki vakillaridan iborat yo‘l qurilish bo‘yicha ekspertlari O‘zbekistonga kelib, tegishli vazirliklarda uchrashuvlar o‘tkazadi. Shuningdek, ushbu ekspertlar Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlariga borib mo‘ljallanayotgan magistral yo‘lini o‘rganishadi. 

Platniy uchastok skorostnoy trassi - Sputnik O‘zbekiston
Investorlarga pullik magistral yo‘llar qurish uchun yo‘l va yer uchastkalari beriladi

Muloqotlarda Jahon banki hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakillari yo‘l-transport sohasida Davlat-xususiy sherikligi dasturini muhokama qilishdi. Loyihalarni ishga tushirish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlar, izlanishlar va tahlillar, hamda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik turlari borasida fikr almashildi.

Uchrashuvda ushbu loyihalarning amalga oshirilishi xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish bilan birga, iqtisodiyotni o‘sishiga kuchli turtki bo‘lishi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yil oxiriga qadar O‘zbekistonda birinchi pullik avtomobil yo‘l qurilishi boshlanishi haqida xabar qilgan edik. Ushbu yo‘l Toshkent va Samarqand shaharlarini bog‘laydi.

Yangiliklar lentasi
0