Ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davr qisqartiriladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishKvartira v novostroyke
Kvartira v novostroyke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgari aholiga berilayotgan ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davr 5-yil edi. Endi ushbu davr 1-yilgacha qisqartiriladi.

TOShKENT, 14-may – Sputnik. “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Farmonga muvofiq, boshlang‘ich ustav kapitali miqdori 25 milliard so‘m bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi ta’sis etildi. 

Quyidagilar Kompaniyaning asosiy vazifalaridan etib belgilandi:

V maxalle Ibroxim ota Almazarskogo rayona Tashkenta vruchili klyuchi ot kvartir - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kelgusi yilda 15 mingdan ortiq arzon uy-joylar quriladi

• mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish va keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish;

• aholining arzon uy-joylarga o‘sib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun bozor tamoyillari asosida tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish.

Shuningdek, Farmon bilan 2019-2021 yillarda ipoteka krediti tizimini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

2020 yil 1-yanvardan boshlab maqsadli dasturlar ijrosi doirasida quyidagi yangi shartlarda ipoteka kreditlari ajratiladi:

• Moliya vazirligi tomonidan ishtirok etuvchi banklarga ajratilayotgan kredit resurslari hamda aholiga berilayotgan ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davr 1-yilgacha qisqartiriladi (amaldagi tartibga ko‘ra 5-yil);

• kreditdan foydalanishning birinchi 5-yili davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi;

• ipoteka kreditlari foizlarini annuitet to‘lovlari formulasi bo‘yicha hisoblash tartibi tatbiq etiladi (oylik to‘lov asosiy qarz qoldig‘iga hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘liq to‘lovni hamda kreditning bir qismini o‘z ichiga oladi, bu shunday hisoblashni nazarda tutadiki, har oylik barcha to‘lovlar kredit to‘lashning butun davrida bir xil bo‘ladi).

Shkolnie budni - Sputnik O‘zbekiston
Maktab o‘qituvchilarining oyliklari oshiriladi va ularga imtiyozli ipoteka krediti beriladi

Bundan tashqari, qonun hujjatlarida belgilangan malakaviy talablarga javob beradigan yuridik shaxslarga maqsadli dasturlarni amalga oshirishda buyurtmachi yoki bosh pudratchi sifatida qatnashish huquqi berildi.

Shuningdek, uy-joylar va kvartiralarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun kreditlar beriladi. 

2020 yil 1-yanvardan boshlab maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida taqdim etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha amaldagi imtiyozlar bekor qilinadi.

Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining 12 ta shtat birligini qo‘shimcha ajratgan holda Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini muvofiqlashtirish va moliya bozori vositalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil etildi.

Maqsadli dasturlar ijrosi samaradorligini tahlil qilish va monitoringida ishtirok etish, ular bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish Boshqarmaning asosiy vazifalaridan etib belgilandi. 

2019 yil 1-yanvarga qadar qurilishga ruxsat etilgan uy-joy fondi obyektlarini (2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturiga, 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturiga kiritilgan obyektlar bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozorida realizatsiya qilish oboroti 2020-yilning 1-yanvariga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0