18:49 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Kitayskiye denejnыe kupyurы-yuani

Xitoy xalq banki yuan kursini keskin tushirdi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk
Iqtisod
Havola olish
198 0 0

Blumberg fikriga koʻra, yuanning narxi tushirilishi AQSH Xitoy importiga kiritgan qoʻshimcha bojlarga qarshi qaratilgan chora boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 14 may – Sputnik. AQSH Xitoyga qarshi 200 millardlik qoʻshimcha boj toʻlovi eʼlon qilganidan soʻng Xitoy Xalq banki yuan-dollar kursini birdaniga 0,6 %ga tushirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Xitoy Xalq banki chorshanba kuni yuan – dollar oʻrtacha almashuv kursini bir dollarga 6,8365 yuan miqdorida belgiladi. Bu oldingi kursga nisbatan 411 punkt pastdir. Oldingi kurs 6,7954 yuan edi.

Gossekretar SSHA Mayk Pompeo
© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy

AYNI damda AQSH va Xitoy oʻrtasida davom etayotgan “iqtisodiy urush” tufayli yil boshidan buyon Xitoy valyutasi kursi sezilarli darajada pasaytirildi. Vaholanki, Xitoy hukumati, jumladan Li Ketsyan ham yuan kursini iqtisodiyurush quroliga aylantirish niyatlari yoʻqligini bir necha bor taʼkidlashgan edi.

Blumberg agentligi xabariga koʻra, AQSH bundan oldin Xitoyni yuan kursini tushurmaslik haqida bir necha bor ogohlantirigan edi. AQSH yuan kursi kamaytirilgan taqdirda yanada yuqoriroq bojlar kiritish bilan poʻpisa qilgan edi. Blumberg ekspertlari fikriga koʻra, yuanning narxi tushirilishi AQSH Xitoy importiga kiritgan qoʻshimcha bojlarga qarshi qaratilgan chora boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 2015 yilning avgust oyida ham Xitoy yuan kursini 3%ga keskin tushirgan edi. Oʻshanda ushbu chora butun dunyo fond birjalarini titratib yuborgan edi. Undan soʻng Xitoy valyutasi kursi yana 3 marotaba kamaytirilgan edi. Mutaxassislar fikriga koʻra, ushbu choralar Xitoy tomonidan oʻz eksportini qoʻllab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Asosiy mavzular