09:57 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Straxovoy polis

Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi viloyat hokimi qarorini bekor qildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko
Iqtisod
Havola olish
137 0 0

Monopoliyadan chiqarish qoʻmitasi Surxondaryo hokimining, viloyatda sugʻurta bilan faqat shu yerda roʻyxatdan oʻtgan korxonalar shugʻullanadi, degan qarorini bekor qildi.

TOSHKENT, 14 may – Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi Surxondaryo viloyati sobiq hokimining sugʻurta kompaniyalari faoliyatini cheklashga qaratilgan qarorini bekor qildi, deb xabar qilmoqda qoʻmita matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga koʻra, Qoʻmitaga “UNIVERSAL SUG’URTA” hamda “ALFA INVEST” kompaniyalari bosh ofisidan ularning Surxondaryo viloyatidagi filiallari faoliyati cheklanayotgani haqida arizalar kelib tushgan.

Keyin maʼlum boʻlishicha, 2019 yilning 7 fevral kuni boʻlib oʻtgan video-selektor majlisida  viloyatda sugʻurtalash faoliyati bilan faqat Surxondaryo viloyatida roʻyxatdan oʻtgan korxonalar shugʻullanadi, deyilgan va davlat boshqaruv organlariga tegishli koʻrsatmalar berilgan.  

Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi ushbu holatni oʻrganib chiqqib, raqobat erkinligi haqidagi qonun normalari buzilganini aniqlagan va jamlangan materiallarni Qoʻmitaning maxsus komissiyasi ixtiyoriga havola qilgan.

Surxondaryo viloyati hokimiyati Monopoliyadan chiqarish qoʻmitasi qaroriga rozi boʻlib, oldin berilgan topshiriqni bekor qildi.

Eslatib oʻtamiz, Surxondaryo viloyatining sobiq hokimi v.b. Baxodir Pulatov aprel oyida oʻz lavozimidan ozod qilingan edi. Uning oʻrniga Tura Abdiyevich Bobolov tayinlangan.

Asosiy mavzular