04:58 27 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Novaya tsifrovaya ekonomika: Tsentrobank budet sotrudnichat s Visa

Yangi raqamli iqtisod: Markaziy bank Visa bilan hamkorlik qiladi

© Ofitsialnыy kanal Tsentralnogo banka Respubliki Uzbekistan
Iqtisod
Havola olish
85 0 0

VISA va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda raqamli toʻlovlar infratuzilmasini rivojlantiradi.

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Markaziy bank va VISA xalqaro toʻlov texnologiyalari kompaniyasi Oʻzbekistonda raqamli toʻlov infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladilar. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Memorandumga koʻra, tomonlar Oʻzbekistonda raqamli toʻlovlar infratuzilmasini birgalikda yaratish, yangi raqamli toʻlov mahsulotlarini joriy etish yoʻli bilan elektron toʻlovlarni qabul qilish tarmogʻini kengaytirish va raqamli toʻlovlarni rivojlantirishga qaratilgan meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilishadi.

Shuningdek, tomonlar butun mamlakat boʻylab kartalarni qabul qilishni kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish dasturlarini banklar va savdo subʼyektlariga risklarni boshqarishning ishonchli vositalarini taqdim etish orqali amalga oshirishga kelishib oldilar.

Direktor Natsionalnogo mejbankovskogo protsessingovogo tsentra Shuxrat Kurbanov
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.

Xabarda hamkorlik doirasida tomonlar mahalliy banklar bilan mobil va elektron toʻlovlar xavfsizligini taʼminlash uchun karta hisob raqamlarini belgilashni (tokenlashtirish) joriy etish, shuningdek, xatarlar va firibgarlik operatsiyalari boʻyicha maʼlumotlar almashish boʻyicha ish olib borishni rejalashtirilayotgani qayd etilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mastercard xalqaro toʻlov tizimi va Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) oʻrtasida maqsadlar toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi. Bu fuqarolarga karta bilan dunyo boʻylab toʻlovni amalga oshirishga hamda jamoat transportida – metro, avtobuslarda  yoʻl kira toʻlovini amalga oshirishga imkon beradi.

Asosiy mavzular