14:20 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Luk repchatыy.

Oʻzbekistonda piyoz narxi nega birdan koʻtarildi - qishloq xoʻjaligi vazirligi izohi

© Sputnik / Vladimir Perventsev
Iqtisod
Havola olish
122950

Yevropalik tahlilchilarga koʻra, hozirda bir kilosi 4-5 yevro turadigan piyoz narxi yana oshishi mumkin. Oʻzbekistonda shu kechayu-kunduzda bir kilosi 3,5 ming soʻm yoki (0, 27 yevro) yetgan sabzavot narxi esa iyun oyidan boshlab arzonlashi kutilmoqda.

TOSHKENT, 15 may - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekistonda piyoz narxi keskin koʻtarildi. Bir kilo kartoshka narxi 2000 soʻm boʻlgan bir paytda, yangi yetishtirilgan piyoz narxining 3,5 ming soʻmligi ayrim ekspertlarni ajablantirmayotgan boʻlsa-da, oddiy aholida uchun bu sabzavotning salkam 3 barobar qimmatlashi koʻplab savollarni yuzaga keltirdi.

Aytgancha, shuni taʼkidlab oʻtish joizki, piyoz mavzusi bugungi kunda nafaqat Oʻzbekistonda, balki Ukraina va Yevropa davlatlarida ham qizgʻin muhokama qilinmoqda.

Xususan, internet nashrlarida piyoz borasida oʻzbek tadbirkorlariga bu yil omad kulib boqqani, Oʻzbekistonda bu sabzavotning bir tonnasini 300 dollarga xarid qilib, har bir tonnadan 700-800 dollar, yoxud Ukrainaga eksport qilingan har bir fura piyozdan 15 ming dollargacha daromad olish mumkinligi yozilgan.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri piyoz narxi nega birdan qimmatladi va qachon sabzavot narxi tushadi degan savollar bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligiga murojaat qildi.

Vazirlikning sabzavotlar, kartoshka va polizchilik boshqarmasi bosh mutaxassisi Shavkat Bobomurodov, piyoz narxining koʻtarilishini asosan eski hosilning tugab borayotgani va yangi piyozning endi yetishtirilib, bozorlarga yetkazib berilayotganida, deya izohlaydi.

Mutaxassisning aytishicha, piyoz Oʻzbekistonda asosan Surxondaryoda yetishtiriladi, shuningdek, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida ham oz miqdorda yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. Bugungi kunda piyoz asosan toʻqsonbosdi usulida yetishtirilib kelinadi. 2019 yilda 24500 gektar maydonda 1 million 420 ming tonna piyoz yetishtirish rejalashtirilgan. Sabzavot narxi esa iyun-iyul oylariga borib tushishi kutilmoqda.

Piyozning eksportga chiqariladigan hajmi haqida toʻxtalar ekan, Bobomurodov bunda aholi yillik talabidan kelib chiqqan holda, isteʼmol, zaxira hisob-kitobi olinishini qayd etdi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston yil boshidan buyon shu kunga qadar 186 ming tonna piyoz eksport qilgan.

"Aslida piyoz narxining 3,5 ming boʻlishi hozirgi mavsum uchun tabiiy hol. Fermerlarga piyoz yetishtirish har bir kilosi uchun 700-800 soʻmga tushmoqda. Shu bois, hozirgi narx isteʼmolchilarni taajjubga solmasligi kerak", - deydi u.

Ekspertning aytishicha, kartoshka takroriy maydonlarda, hududlar iqlimidan kelib chiqqan holda plyonka ostiga ekilishi mumkin boʻlgan bir paytda, piyozni bu usulda ekib boʻlmaydi. Shu bois, eski hosil tugashi arafasida va yangisi endi chiqayotgan mahalda sabzavotlar narxida bir oz qimmatlash yuz berishi mumkin.

Asosiy mavzular