02:11 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Iqtisod
Havola olish
37710

Oʻzbekiston davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yuk avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi hisobot davrida 2 karra ortgan va 1719 donani tashkil etgan

TOSHKENT, 17 may - Sputnik. Oʻzbekiston 2019 yilning yanvar-aprel oylarida 79,61 mingdan ziyod yengil avtomobillar ishlab chiqardi, bu esa 2018 yilning shu davriga nisbatan 49,6% ga koʻpdir.

Oʻzbekiston davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yuk avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi hisobot davrida 2 karra ortgan va 1719 donani tashkil etgan.

Oʻzbekiston 2019 yilning yanvar-aprel oylarida 593 dona avtobus ishlab chiqargan, bu esa oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,1 marta koʻpdir.

Avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilishi hajmi 2019 yilning yanvar-aprel davrida 63,76 ming donani tashkil qilgan. 2018 yilning yanvariga taqqoslaganda, bu koʻrsatkichda oʻsish 56,4%ni tashkil etgan.

2019 yilning yanvar-aprel oylarida traktorlarni ishlab chiqarish hajmi 164 donani tashkil etgan, bu esa 2018 yilning xos davriga nisbatan 79,7%ga kamdir.

Asosiy mavzular