03:15 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Direktor–rasporyaditel Mejdunarodnogo Valyutnogo Fonda (MVF) Kristin Lagard

Oʻn yilliklar davomida Oʻzbekiston notoʻgʻri formula asosida rivojlangan - XVF rahbari bayonoti

© Sputnik / Aleksey Agarыshev
Iqtisod
Havola olish
77720

XVF direktori Oʻzbekiston taraqqiyoti uchun yangi formulani aytib oʻtdi

TOSHKENT, 17 may - Sputnik. Yaqin vaqtga qadar bir necha oʻn yillik davomida Oʻzbekiston dunyodagi eng yopiq va oʻz-oʻzini izolyatsiya qilgan davlatlardan biri edi. Oʻzbekiston - jadal rivojlanuvchi xususiy sektorni yaratmagan mamlakat edi. Endilikda amalga oshirilmoqchi boʻlgan islohotlarni hisobga olib aytish mumkinki, bu unchalik toʻgʻri formula boʻlmagan, dedi bugun Markaziy bank binosida chiqishi davomida XVF boshqaruvchi direktori Kristin Lagard.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida. 

Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlar Oʻzbekiston yana bir karra insonlarni ilhomlantiruvchi davlat maqomini oʻziga qaytarishga intilayotganidan dalolat beradi, dedi Lagard.

"Shuni ham aytib oʻtishim joizki, soʻnggi ikki yilda amalga oshirilayotgan islohotlar trayektoriyasi, davlat rahbaringizning shijoati koʻplab kuzatuvchilarni, shu jumladan XVFni ham ilhomlantirmoqda", - dedi Kristin Lagard. 

Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Oʻzbekiston taraqqiyoti uchun yangi formulani sanab oʻtdi.

Bu formula: sifatli investitsiyalar koʻlamini oshirish, makroiqtisodiy va moliyaviy stabillikni ushlab turish va korruptsiyaga qarshi kurashdan iborat.

Lagardga koʻra, ayniqsa, korruptsiya ildizi yoʻqotilmasa, bu kelishi mumkin boʻlgan investorlarni mamlakatdan uzoqlashtirishi mumkin.

Kristin Lagard XVJ bor salohiyatini ishga solgan holda oʻtkazilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular