15:04 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal direktora-rasporyaditelya Mejdunarodnogo valyutnogo fonda Kristin Lagard

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro valyuta jamgʻarmasi rahbarini qabul qildi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
166 0 0

Bugun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro valyuta jamgʻarmasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.

TOSHKENT, 17 may – Sputnik. Bugun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro valyuta jamgʻarmasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining hamkorligi istiqbollari batafsil muhokama qilindi va bu boradagi ustuvor yoʻnalishlar belgilab olindi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal direktora-rasporyaditelya Mejdunarodnogo valyutnogo fonda Kristin Lagard
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal direktora-rasporyaditelya Mejdunarodnogo valyutnogo fonda Kristin Lagard

Pul-kredit va soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish, monetar siyosatning samarali vositalarini joriy etish, mamlakatda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash hamda boshqa yoʻnalishlarda faol hamkorlikni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Kristin Lagard jamgʻarma mamlakatda barcha tarmoq va yoʻnalishlarni qamrab olgan holda faol amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholashini alohida taʼkidladi.

Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash va oʻzaro ishonchni oshirish, mintaqaviy savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish borasidagi saʼy-harakatlari alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida Kristin Lagard Xalqaro valyuta jamgʻarmasi mamlakatda samarali islohotlarni amalga oshirish va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashishni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Asosiy mavzular