03:20 06 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
1423 0 0

Oʻzbekistonda 1 iyundan boshlab tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oshadi.

TOSHKENT, 20 may – Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yil 1 iyundan boshlab tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oshadi. Narx Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 897-sonli qaroriga muvofiq oshiriladi.

Tabiiy gazning ( 1 m³ uchun) narxi:

- hisoblash asboblari boʻlganida aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun — 350 soʻm;

- hisoblash asboblari boʻlmagan holda aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:

- ovqat tayyorlash va issiq suv taʼminoti uchun — 605 soʻm;

- isitish tizimi uchun — 350 soʻmdan hisoblanadi.

Elektr energiyasining narxi (1 kVt soati uchun):

I va II guruhdagi isteʼmolchilar uchun — 370 soʻm;

III guruhdagi isteʼmolchilar uchun — 280 soʻm;

IV guruhdagi isteʼmolchilar uchun — 392 soʻm etib belgilanadi.

Eslatib oʻtamiz, qaror bilan 2018-2019 yillarda tariflar va narxlar oʻzgarishi grafigi tasdiqlangan.

Asosiy mavzular