15:56 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
97 0 0

Shuningdek, kompaniyada ishlashga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar beriladi.

TOSHKENT, 21 may – Sputnik. Oʻzbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi va uning taʼsischilari 10 yil muddatga daromad soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, mol-mulk va aktivlarni realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilindi. Bu “Oʻzbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmonida koʻzda tutilgan.

Joriy yilning 24 martida ustav kapitali 10 mln dollar boʻlgan, masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Oʻzbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi tashkil etilgan boʻlib, uning ustav fondi bosqichma-bosqich 1 mlrd dollarga yetkazilishi nazarda tutilgan.

Mazkur kompaniya kapitalini shakllantirishda Abu Dabi rivojlanish jamgʻarmasi (BAA) ulushi 75 foizni hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Oʻzbekiston) ulushi 25 foizni tashkil qiladi.

Shuningdek, kompaniyada ishlashga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar beriladi.

Asosiy mavzular