17:09 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
34610

Oʻzbek gilosi sertifikatsiya boʻyicha barcha protseduralarni oʻtdi va yaqinda anor, piyoz, bodring va turli qurutilgan mevalar eksport qilish boʻyicha rejalar bor.

TOSHKENT, 27 may – Sputnik. London savdo rastalarida ilk bor Namagan viloyatida yetishtirilgan gilos paydo boʻldi.

Gilos eng yirik Western International Market bozorida sotilmoqda.

“Bugun – tarixiy kun. Tarixda birinchi marta oʻzbek gilosi Britaniya bozoriga yetkazildi. Oʻzbekiston – ajoyib mamlakat, biz bir necha oy avval Buyuk Britaniya bozoriga oʻzbek meva-savzavotlarini eksport qilishga qaror qildik. Men Oʻzbekiston koʻplab viloyatlari, xususan Qashqadaryo viloyat Kitob tumani va Namangan viloyati tashrif buyurdim. Men katta eksport salohiyatini koʻrdim va bu masala boʻyicha ishlashga qaror qildim”, - deb taʼkiladi AKS Services Group bosh direktori Vais Kais.

Uning soʻzlariga koʻra, Britaniyada import uchun joriy etilgan sertifikatsiya, sanitariya va fitosanitariya nazorati boʻyicha barcha protseduralarni oʻtdi.

Kais kelgusida Oʻzbekiston meva-sabzavotlarning eksport hajmi yanada koʻpaytiriladi. Yaqin vaqtlarda anor, piyoz, bodring va turli qurutilgan mevalar eksport qilish boʻyicha rejalar bor.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil iyul oyida Xitoyning Urumchi shahriga oʻzbek gilosi eksport qilingandi.

2019 yil fevral oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH va Boltiq mamlakatlari orqali Yevropa va AQShga meva va sabzavotlarni eksport qilish boʻyicha “yashil yoʻlaklarni” yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq bergandi.

Statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2018 yil yakuni boʻyicha yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlarni eksport hajmi 37,6 foizga 874,5 million dollargacha koʻpaydi.

Asosiy mavzular