Tadbirkor va investorlar uchun maxsus qabulxonalar tashkil qilinadi

© Ministerstvo yustitsii Uzbekistana Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana
Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirkor va investorlar murojaatlarini joylarda tashkil etilayotgan maxsus qabulxonalarda hokimliklar, prokuratura, adliya va soliq muassasalari vakillari qabul qiladi.

TOShKENT, 28-may – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev tadbirkor va investorlarni qabul qilish uchun 3 bosqichdan iborat yangi tartib yaratdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Draka - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 34 yoshli tadbirkor ayovsiz kaltaklandi

Prezident qaroriga muvofiq tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun joylarda maxsus qabulxonalar tashkil etiladi.  Ushbu qabulxonalar ishi uch bosqichda olib boriladi: dastlab qabulxonada tasdiqlangan kunlik jadval asosida hokimliklar, Savdo-sanoat palatasi, investitsiya boshqarmasi, prokuratura, adliya, soliq, qurilish, kadastr, bank va boshqa tashkilotlar vakillari tadbirkorlarni qabul qiladi. 

O‘z yechimini topmagan murojaatlar viloyat qabulxonalariga yuboriladi. Natija bo‘lmasa, Vazirlar Mahkamasining kotibiyatida Biznes ombudsman, Savdo-sanoat palatasi va vakolatli idoralar ishtirokida ko‘riladi.

Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda yirik tadbirkor qamoqqa olindi

Murojaatlar shunda ham o‘z yechimini topmasa, tadbirkorlarni Bosh vazirning shaxsan o‘zi qabul qiladi. Bosh vazir qabulxonasi murojaatlarni tahlil qilib, bu borada vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Prezident Administratsiyasi va Oliy Majlisga tadbirkorlarga sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritadi. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari soni 2,3 baravar oshgan, lekin shunga qaramay tadbirkorlardan kelib tushayotgan shikoyatlar soni ham kam emas. Xususan, ushbu yilning birinchi choragida Xalq qabulxonalariga tadbirkorlardan 16 mingta murojaat tushgan. Ular asosan yer ajratish, gaz, elektr va suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, kredit, soliq masalalariga taalluqli. Ikki mingga yaqin murojaatda mansabdorlarning xatti-harakatlaridan norozilik bildirilgan. 

Yangiliklar lentasi
0