04:40 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Podpisaniye dokumentov

Termizdagi forumda Oʻzbekiston-Afgʻoniston ishbilarmonlari nimalar haqida kelishib olishdi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
231 0 0

Forumda 60 dan ortiq Afgʻoniston kompaniyalarining vakillari ishtirok etdi. Xorijiy delegatsiyaga Afgʻoniston sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari M. Yurish rahbarlik qildi.

TOSHKENT, 28 may - Sputnik. Termizda boʻlib oʻtgan biznes-forum doirasida Oʻzbekistondan Afgʻonistonga neft-kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat mahsulotlari hamda qurilish materiallarini yetkazib berish boʻyicha bir qator eksport kelishuvlariga erishildi va shartnomalar imzolandi. Bu haqda Oʻzbekiston Investitsiya va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Forumda 60 dan ortiq Afgʻoniston kompaniyalarining vakillari ishtirok etdi. Xorijiy delegatsiyaga Afgʻoniston Sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari M. Yurish rahbarlik qildi.

Uzbeksko-afganskiy biznes-forum v Termeze
Uzbeksko-afganskiy biznes-forum v Termeze

Chet ellik mehmonlar 18 ta sohada, xususan, toʻqimachilik, teri va poyabzal, farmatsevtika, neft-kimyo, metallurgiya va elektrotexnika mahsulotlari, qurilish materiallari hamda boshqa mahsulotlarning keng turlari namoyish etilgan eksportga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasida Oʻzbekistonning sanoat salohiyati bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Bundan tashqari, biznes-forum doirasida “Oʻzbekiston-Afgʻoniston” chegara savdo zonasi tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan toʻliq foydalanish hisobiga oʻzaro savdo hajmini tez surʼatlarda rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida Afgʻoniston delegatsiyasi bilan ikki tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Asosiy mavzular