16:34 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
V Tashkente zarabotal pervыy bankomat s funktsiyey obmena valyutы

Bankomatlar orqali naqd pul olishda foiz toʻlovini chegaralash taklif qilindi

© Foto : GlobUz
Iqtisod
Havola olish
73910

Bankomatlar oʻzlari tegishli boʻlgan bank plastik kartochkalaridan foiz ushlamasin – degan petitsiya muallifi.

TOSHKENT, 31 may – Sputnik. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar veb-portalida bankomatlar orqali naqd pul olinganda foiz toʻlovini chegaralash toʻgʻrisida petitsiya joylashtirildi.

Petitsiya muallifiga koʻra, hozirda plastik kartadagi pulni naqdlashtirish jarayonida toʻlov  1 foiz etib belgilangan. Agarda 1 mln. soʻm naqd pul naqdlashtirsa, unda 10 ming soʻm qoʻshimcha haq olib qolinadi. Boshida tekin boʻlgan bu amaliyot ayni vaqtda 1 foiz etib belgilandi.

“Bank muassasalari buni bankomatga ketadigan xarajatlar: internet, texnik taʼminot, nazorat qilish kabi xarajatlarni qoplash uchun olinadi deb tushuntirishdi. Mayli, bankning oʻz xarajatlari borligini tushungan holatda 1 foizga qarshilik yoʻq, lekin qancha koʻp pul yechib olsangiz shuncha koʻp mablagʻ yoʻqotasiz. Agarda siz 5 mln. soʻm naqdlashtirsangiz, 50 ming, 10 mln. soʻm naqdlashtirsangiz, 100 ming soʻm yoʻqotasiz. Boshqacha aytganda, qancha koʻp naqdlashtirsangiz, shuncha zararga tushasiz! Bu masalani koʻrib chiqish va aholiga qulayliklar yaratish kerak”, - deb yozgan muallif.

Petitsiyada quyidagilar taklif qilindi:

birinchidan, bankomat orqali 1 mln. soʻmdan ortiq mablagʻ yechilganda, 10 ming soʻmdan (yaʼni 1 mln.ni 1 foizi) koʻp foiz ushlanmaslik;

ikkinchidan, agar foydalanuvchi bir oy davomida bankomatdan pul naqdlashtirsa, qaysi bankomatdan pul naqdlashtirganidan qatʼiy nazar faqat 1 martagina foiz ushlash;

uchinchidan, qancha koʻp pul yechilsa, foiz toʻlovi shuncha kamayib borish (1 mln. gacha 1 foiz, 5 mln. gacha 0,5 foiz va h.k.);

toʻrtinchidan, bankomatlar oʻzlari tegishli boʻlgan bank plastik kartochkalaridan foiz ushlamaslik.

Asosiy mavzular