15:37 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Chereshnya

Oʻzbek gilosining birinchi partiyasi Xitoyga eksport qilindi

© Sputnik / Aleksandr Kovalev
Iqtisod
Havola olish
267 0 0

Fargʻona viloyatida yetishtirilgan gilos Shanxayda sotish maqsadida yetkazib berildi.

TOSHKENT, 3 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston yetishtirilgan gilos Xitoyning Shanghai Huizhan Fruit & Vegetable Market Management Co.,Ltd. bozoriga yetkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

30 tonnalik birinchi partiyani qabul qilishga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi.

Fargʻona viloyatida yetishtirilgan shirin mevasi Shanxayda sotish maqsadida yetkazib berildi.

“Oʻzbek gilosi juda mazzali taʼmga ega. Uning qadogʻi va kalibrovkasi xalqaro talablarga javob beradi. Bu jahon brendlari bilan raqobatlashish imkonini beradi”, - dedi Zhejiang Fesna E-shop Co.Ltd komaniya bosh menedjeri Chju Tszyanfen.

Shanghai Huizhan Fruit & Vegetable Market Management Co., Ltd boshqaruvchining oʻrinbosari Lin Yetaning soʻzlariga koʻra, Shanxay aholisi birinchi marta oʻzbek gilosini taʼtib qoʻrmoqda.

“Shu munosabat bilan umid qilamanki, Xitoyga oʻzbek mevalarining assortimenti yanada kengayadi va kelgusida bizga qovun, uzum, limon va boshqa mahsulotlar keladi”, - dedi Lin Yeta.

Taʼkidlanishicha, Xitoy kompaniyasi Tmall internet doʻkoni maydonida sotish uchun Oʻzbekistonlan gilos import hajmini 2600 tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Asosiy mavzular