22:16 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Aleksey Zubets

Dollarni nima kutmoqda va nega hamma oltin xarid qilmoqda – ekspert fikri

CC0 / MiLaNa19 / Aleksey Zubets
Iqtisod
Havola olish
1163 0 0

Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Aleksey Zubets AQSH valyutasi holati borasida soʻz yuritib, nega koʻpgina mamlakatlar oltin xarid qilayotganini tushuntirdi.

TOSHKENT, 6 iyun – Sputnik. Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori (Rossiya) Aleksey Zubets dollarni nima kutayotgani va nega hamma oltin xarid qilayotgani haqida oʻz fikrlarini Sputnik᾽ka bildirib oʻtdi.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, koʻpchilik iqtisodchilar 15 yil davomida dollar va AQSH iqtisodiy inqirozini bashorat qilib kelishmoqda. Shubhasiz, bunga asoslar mavjud.

Biroq AQSH oʻz navbatida jahon valyutasini chiqaradi va bu uni jahon emissiya markaziga aylantiradi.

“Eng yaxshi investitsiya – bu koʻchmas mulk, yer va bevosita olingan taʼlim. Bular har qanday jahon iqtisodiyotidagi inqirozga dosh beradi”, - dedi Aleksey Zubets Sputnik Tojikiston radioefirida.

Shuningdek, ekspert nega qator markaziy banklar oltin sotib olayotganini tushuntirdi. Qimmatbaho metall bozor oʻyinchilari tomonidan inqiroz va dollar sinishi holatida himoya vositasi sifatida koʻriladi.

Eslatib oʻtamiz, World Gold Council maʼlumotlariga koʻra, 2019 yilning birinchi choragida Oʻzbekiston oltin savdosi boʻyicha dunyodagi yetakchi davlatga aylandi. Respublika 6,2 tonna qimmatbaho metall sotishga muvaffaq boʻldi. Bu koʻrsatkichda ikkinchi oʻrin Moʻgʻuliston (3,4 tonna)ga tegishli boʻlsa, uchlikni 1 tonna oltin sotgan Tojikiston yakunlagan.

Asosiy mavzular