10:59 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Meshki s kartofelem. Arxivnoye foto

Oʻzbekistonda kartoshka ekadigan korxonalarga kredit ajratishga doir qaror imzolandi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Iqtisod
Havola olish
228 0 0

Hukumat qarori bilan 2019 yil uchun chetdan keltiriladigan urugʻlik kartoshka hajmlari tasdiqlandi.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Hukumat qarori bilan 2019 yil uchun “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MCHJ tomonidan yetkazib beriladigan hamda chetdan keltiriladigan urugʻlik kartoshka hajmlari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Qaror bilan:

- “Agrobank” ATBga 2019 yil hosili uchun kartoshka ekadigan qishloq xoʻjaligi korxonalariga yillik 10 % stavkada kreditlar ajratish tavsiya etildi;

- qarorda belgilangan maqsadda fermer xoʻjaliklariga ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 50 foizi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilandi;

- “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tadbirlarga jalb etilgan xoʻjalik subʼyektlariga imtiyozli (50%) tariflarda temir yoʻl xizmatlari koʻrsatish chorasini koʻrish topshirildi.

Asosiy mavzular