Shavkat Mirziyoyev YeTTB prezidentini qabul qildi

© UzAShavkat Mirziyoyev prinyal prezidenta YeBRR Suma Chakrabarti
Shavkat Mirziyoyev prinyal prezidenta YeBRR Suma Chakrabarti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezdenti huzurida Xorijiy investorlar kengashi tashkil qilinadi.  

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezdenti huzurida xorijiy investorlar kengashi tashkil qilinadi. Bu haqida kecha 10-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti uchrashuvida ma’lum bo‘ldi, O‘zA xabariga asosan.

Yevropeyskiy bank rekonstruksii i razvitiya - Sputnik O‘zbekiston
YeTTB 2018-yilda O‘zbekistonda 15 loyihani amalga oshirmoqchi

Uchrashuvda O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini va kreditlarni o‘zlashtirishni tezlashtirish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirishga ko‘rsatilayotgan ko‘makni kengaytirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti huzurida Xorijiy investorlar kengashini tashkil etish va uning birinchi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

YeTTB rahbari samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning sur’ati, ko‘lami va amaliy natijalarini yuksak baholadi.

Yevropeyskiy bank rekonstruksii i razvitiya - Sputnik O‘zbekiston
YeTTB O‘zbekistonga 2018-yil oxiriga qadar 300 mln $ ajratadi

Suma Chakrabarti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston Respublikasi bilan ko‘p qirrali sheriklikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va davom ettirish borasida qat’iy ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, bu YeTTB rahbarining so‘nggi ikki yil davomida O‘zbekistonga amalga oshirgan uchinchi tashrifidir. O‘tgan yil oktabr oyida YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha strategiyasi qabul qilindi.

YeTTB ekspertlari ko‘magida energetika, bank va moliya sohalari, kapital bozorini rivojlantirish va mamlakatimizda raqobat muhitini yaxshilash bo‘yicha islohotlar ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0