14:01 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Iqtisod
Havola olish
296 0 0

2019 yilning birinchi choragida Rossiyadan pul oʻtkazmalari hajmi boʻyicha Oʻzbekiston Shveytsariyadan soʻng ikkinchi oʻrinni egalladi.

TOSHKENT, 17 iyun – Sputnik. Rossiyadan xorijga pul oʻtkzmalari hajmi boʻyicha Oʻzbekiston ikkinchi oʻrinni egalladi deb xabar qildi Markaziy bank.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2019 yilning birinchi choragida Rossiyadan Oʻzbekistonga 818 million dollari yuborilgan. Shuningdek, Tojikistonga – 462 mln., Qirgʻizistonga – 453 mln., Armanistonga – 194 mln., dollar, Qozogʻistonga – 137 mln., dollar joʻnatilgan.

Eng koʻp mablagʻ esa – Shveytsariyaga yuborilgan – 1,3 milliard dollar.

Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekistonga yuborilgan 818 million  dollardan 340 millionini Rossiya fuqarolari, 478 millionini esa - Oʻzbekiston va boshqa davlat fuqarolari yuborgan. Yuborilgan mablagʻning oʻrtacha qiymati – 349 dollarni tashkil qilgan.

Eslatib oʻtamiz, bir oy oldin Rossiya banklari Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Vyetnamga pul oʻtkazmalar hajmini cheklab qoʻygan edi. Bundan maqsad – ushbu davlatlar bilan biznes yuritayotgan tadbirkorlarning noqonuniy harakatlarini cheklash.

Mehnat vazirligi xabariga koʻra, Oʻzbekistonga mehnat migrantlari tomonidan yuborilayotgan mablagʻlar hajmi 2021 yilga kelib 7,2 milliard dollargacha oshishi mumkin. Bugungi kunda yiliga oʻrtacha 4 milliardni tashkil qiladi.

Asosiy mavzular