06:49 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Turakurganskaya teplovaya elektrostantsiya

Mirziyoyev Toʻraqoʻrgʻon IES qurilishini tezlashtirishni topshirdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Iqtisod
Havola olish
265 0 0

Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stantsiyasi Namangan viloyatida qurilmoqda.

TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toʻraqoʻrgʻon, Navoiy, Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyalarida olib borilayotgan qurilish va modernizatsiya ishlarini tezroq yakunlab, bu yil foydalanishga topshirish yuzasidan topshiriqlar berdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, prezident Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida zamonaviy bugʻ-gaz qurilmalarini oʻrnatish kerakligini taʼkidladi.

Xabarda davlat rahbari energiya resurslari ishlab chiqaruvchi, taqsimlovchi va yetkazib beruvchi korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, uglevodorodlar qazib olish hajmini koʻpaytirish, mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish zarurligini taʼkidlagani qayd etilgan.

Joriy yilda Oʻzbekiston 2 milliard 730 million dollar investitsiyalarni oʻzlashtirish hisobiga neft-gaz sohasida 16 ta, 850 million dollar evaziga kimyo tarmogʻida 17 ta, 1 milliard dollardan ziyod mablagʻ vositasida elektr energetikasi boʻyicha 28 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirgan.

Asosiy mavzular