22:02 05 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Dobыcha prirodnogo urana na mestorojdenii Xiagdinskogo rudnogo polya

Frantsiyaning Orano kompaniyasi Oʻzbekistonda uran qidirish bilan shugʻullanadi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev
Iqtisod
Havola olish
99 0 0

Oʻzbekiston oldin xorijiy investorlarga bermagan qumli uran konlaridan Frantsiya kompaniyasi bilan birgalikda foydalanadi.

TOSHKENT, 19 iyun – Sputnik. Frantsiyaning Orano Mining S.A kompaniyasi Navoiy viloyatida uran konlarini qidirish va qazib olish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil qiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Oʻzbekiston Davlat geologiya qoʻmitasiga asosan.

"Orano va Davlat Geologiya qoʻmitasi uran konlarini qidirish va uran qazib olish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil qiladi. Ushbu korxonani tashkil qilish boʻyicha kelishuv loyihasi tayyorlandi”, - dedi Geologiya qoʻmitasi vakili.

Xabarda aytilishiga koʻra qoʻshma korxona iyul oyining oxiriga qadar tashkil qilinadi.

Geologiya qoʻmitasi xabariga koʻra qoʻshma korxona geologiya qidiruv ishlarini Navoiy viloyatida joylashgan Shimoliy va Janubiy Jengeldi hamda Yangiquduq konlarida olib boradi. Ijobiy natijaga erishilgan taqdirda – uran qazib olish va uni sotish bilan shugʻullanadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s glavoy Indii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

Qoʻshma korxona tashkil qilish shartiga koʻra, uning ustav kapitali 34,5 million dollarni tashkil qiladi. Undan 51 % Orano ulushi va 49% Davlat Geologiya qoʻmitasining ulushi boʻladi.Ushbu shartnoma boʻyicha ilk qadam oʻtgan yili Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga boʻlgan tashrifi davomida qoʻyilgan edi.

Oʻzbekiston Davlat Geologiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, respublikada aniqlangan uran zahiralari miqdori 190 ming tonnani tashkil qiladi. Undan 140 ming tonnasi – qumloq uran konlaridir, 47 – ming tonnasi qora slanets uran konlari. Qazib olish osonroq boʻlgan qumloq uran konlari oldin xorijiy sarmoyadorlarga taklif qilinmas edi. Ushbu konlar Oʻzbekistonda uran qazib olish huquqiga ega boʻlga yagona korxona - Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati zahiralari tarkibiga kiradi.  

Soʻnggi bir necha yil davomida Oʻzbekiston hukumati xorijiy sarmoyadorlarni qora slanetsli uran konlaridan uran qazib olishga chorlashga harakat qildi, lekin muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bunday uran qazib olish uchun katta investitsiyalar kirtish kerak.

Ayni damda Oʻzbekiston qazib olingan barcha uran rudasini eksportga yuboradi. Xususan 2019 yil yanvarida Oʻzbekiston va Hindiston orasida uran yetkazib berish boʻyicha 200 mln dollarlik shartnoma imzolangan edi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda dunyoning faqat 16ta mamlakatida uran zahiralari aniqlangan. Shunlardan biri Oʻzbekiston. Eng yirik uran zahiralari: Avstraliyada – 1,6 mln tonna,  Qozogʻistonda – 745 ming tonna,  Kanadada – 509 ming tonna, Rossiyada – 507 ming tonna.

Asosiy mavzular