"O‘zcharmsanoat" poyabzal import bojini kamaytirishga rozi bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaObuv, proizvedennaya v Djizakskoy oblasti
Obuv, proizvedennaya v Djizakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zcharmsanoat taklif qilgan import boji miqdori va qamrovini kamaytradi.

TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. “O‘zcharmsanoat” mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun taklif qilingan poyabzal importi boji miqdorini va qamrovini kamaytirishga rozi bo‘ldi, bu haqida kompaniya vakili Sputnik muxbiriga xabar qildi.

Import boji barcha turdagi poyabzallar uchun 30 % miqdorida emas faqat erkaklar poyabzallari uchun va 20 % miqdorida belgilash taklif qilindi, deyilgan xabarda.

Shuningdek, ayollar va bolalar poyabzallaridan boj olinmaydigan bo‘ldi. Shuningdek eng kam boj miqdori 5 AQSh dollari emas 3 AQSh dollari miqdorida belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zcharmsanoat” tomonidan 10-iyun kuni taklif qilingan yangi qonun loyihasi jamoatchilikning keskin qarshiligiga duch kelgan edi. Ko‘pchillik assotsiatsiyaning ushbu harakatini “navbatdagi monopoliyalashtirish” deb baholagan edi.

Yangiliklar lentasi
0