15:43 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Turbina samoleta uzbekskix avialiniy

Aeroportlar Milliy aviakompaniya tizimidan noyabrda chiqariladi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
277 0 0

Aeroportlar, "Oʻzaeroavigatsiya" va "Uzbekistan Airways Technics" - 2019 yil oxiriga qadar Oʻzbekiston havo yoʻllari tarkibidan chiqariladi.

TOSHKENT, 20 iyun - Sputnik. “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ni restrukturizatsiya qilish ushbu yilning noyabr oyida yakunlanadi. Uning tarkibidan barcha aeroportlar chiqariladi va ularni boshqarish uchun alohida kompaniya tayinlanadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti kompaniya vakili Umid Husanovga asosan.     

“Biz 2019 yil noyabriga qadar restrukturizatsiyani toʻliq yakunlamoqchimiz. Ushbu jarayonning parvozlar xavfsizligi va aviakompaniya faoliyatiga salbiy taʼsir qilishini oldini olish kerak”, - dedi Husanov.

Kompaniya vakilining soʻzlariga koʻra, qayta tashkillashtirish doirasida samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan Uzbekistan Airways Technics davlat korxonasi Maʼsuliyati cheklangan jamiyatga aylantiriladi.

Shuningdek, MAKning "Oʻzaeronavigatsiya" korxonasi Transport vazirligi ixtiyoriga oʻtadi, bir martalik parvozlarga ruxsat berish huquqi – ushbu vazirlik huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning noyabr oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston havo yoʻllarini qayta tashkil qilish haqida farmon imzolagan edi. Unga koʻra aeroportlar milliy aviakompaniya tarkibidan chiqarilib Uzbekistan Airports aktsiyadorlik jamiyati tashkil qilinishi kerak.

Prezident qaroridan biroz oldin, 2018 yilning sentyabr oyida Jahon banki Oʻzbekiston aviatsiya sohasini zamonaviylashtirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini bergan edi. Unga koʻra, Oʻzbekiston aeroportlarining infrastrukturasining qimmatlishi va cheklangan oʻtkazish imkoniyatlari – sohada raqobat rivojlanishini cheklab, yoʻlovchilar uchun chiptalar qimmatligiga sabab boʻlayotgani aytib oʻtilgan edi.

Ayni damda Oʻzbekiston Havo yoʻllari 30ta xorijiy samolyotlardan foydalanmoqda. Ular yordamida milliy aviakompaniya Yevropa, Amerika, Yaqin Sharq va Osiyoning 20 ta shaharlariga parvozlar amalga oshirmoqda. 2018 yilda Oʻzbekiston Havo yoʻllari yoʻlovchilari soni 17 %ga oshib 3,17 million kishini tashkil qildi.

Asosiy mavzular