15:48 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

Zamonaviy energiya: Oʻzbekistonda shamol elektr stantsiyalar quriladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy
Iqtisod
Havola olish
66120

Birlashgan Arab Amirligi kompaniyasi Oʻzbekistonda quvvati 500 MVt shamol elektr stantsiyalarni qurish boʻyicha loyihani amalga oshiradi.

TOSHKENT, 21 iyun – Sputnik. Oʻzbekistonda shamol elektr stantsiyalar quriladi.

Bu borada loyihani Birlashgan Arab Amirligi kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirish toʻgʻrisida prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Qaror loyihasida aytilishicha, “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar kompaniyasi bilan shamol elektr stantsiyalarni qurish boʻyicha investitsiya loyihasi amalga oshirish rejalashtirilgan.

Hujjatga koʻra, Oʻzbekiston prezidentining 2019 yil 24 - 26 mart kunlari Birlashgan Arab Amirligiga rasmiy tashrifi doirasida Investitsiya va tashqi savdo vazirligi va “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar” oʻrtasida umumiy quvvati 500 MVt shamol elektr stantsiyalarni qurish boʻyicha investitsiya shartnomasi imzolanganligi belgilangan.

Shartnomada shamol elektr stantsiyalarni qurish, foydalanish, moliyalashtirish boʻyicha loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Qaror loyihasida 2019 yil 1 dekabrgacha “White & Case”  kompaniyasi va moliyaviy konsultatni jalb qilishni taʼminlash toʻgʻrisida Energetika vazirligiga topshiriq bayon etilgan.

Bugungi kunda eng yirik shamol elektr stantsiya AQShning Kalifoniya shtatida joylashgan - Alta elektr stantsiyasi hisoblanadi. Uning toʻliq quvvati - 1550 MVt tashkil qiladi.

Zamonaviy shamol elektr stantsiyalar qushlar uchib kelish mavsumida ish faoliyatini toʻxtatadi.

Sobiq ittifoq hududida birinchi togʻ shamol elektr stantsiyasi 2011 yilda Qozogʻistonning Jambul viloyati Korday dovonida ishga tushirilgan. Uning quvvati 1,5 MVt tashkil qiladi.

Rossiyada yirik shamol energetik majmua Qrim energotizimi hisoblanadi. Eng yirik shamol elektr stantsiya Ulyanov viloyatida joylashgan. Uning quvvati 35 MVtni tashkil qiladi. 2018 yilda shamol elektr stantsiyalar tizimining umumiy quvvati 134 MVtni tashkil qilgan.

Asosiy mavzular