13:29 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum

Yosh oilalarga imtiyozli asosda kredit berish tartibiga oʻzgartirish kiritiladi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
107710

Mikrokredit - yosh oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan pul mablagʻlari, deyilgan hujjatda.

TOSHKENT, 25 iyun – Sputnik. Markaziy bank “Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” idoralararo qaror loyihasini tayyorladi.

Qaror loyihasiga koʻra, Markaziy bankining 2007 yil 9 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.

Loyihada mikrokredit tushunchasi yangi tahrirda bayon etish taklif etilgan.

“mikrokredit - yosh oilalarga  bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan pul mablagʻlari”, - deyilgan hujjatda.

Qarorning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etish:

“Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga beriladigan ipoteka krediti kredit resurslari manbasidan qatʼi nazar, quyidagi miqdorlarda beriladi:

yakka tartibdagi uy-joyni qurilishi va sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravarigacha;

yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruktsiya qilish, shuningdek koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravarigacha.

Qarorda aytilishicha, hujjat 2019 yil 1 sentyabrdan eʼtiboran kuchga kirishi mumkin.

Loyiha 10 iyulgacha muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular