Renault O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

© Kolesa.ruRenault mojet nachat proizvodit avtomobili v Uzbekistane
Renault mojet nachat proizvodit avtomobili v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Renault Group vakillari O‘zbekistonda Renault avtomobillarini ishlab chiqarish borasidagi taklifga qiziqish bildirgan.

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi delegatsiyasi Fransiyaning mashhur Groupe Renault avtomobilsozlik korporatsiyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda Renault Group vakillari O‘zbekistonda Renault avtomobillarini ishlab chiqarish borasidagi taklifga qiziqish bildirgan.

Sborka i vipusk gruzovikov Hyundai na predpriyatii Avtotor - Sputnik O‘zbekiston
Hyundai O‘zbekistonda qachon avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi?

Xususan, Renault mashhur KWID modelini ishlab chiqarishga, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistonga eksport qilishga tayyor.

Avtokonsern rahbariyati birinchi bosqichda “A” sinfiga oid avtomobillarni yig‘ishni yo‘lga qo‘yishni, keyinchalik boshqa segmentlarga o‘tish bilan bir qatorda ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich lokalizatsiya qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqlagan.

Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘zdan kechirish maqsadida fransuz kompaniyasining delegatsiyasi yaqin kunlar ichida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0