15:25 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Rubli i yuani

Rossiya va Xitoy dollarda hisob-kitob qilishdan voz kechdi - OAV

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk
Iqtisod
Havola olish
169840

Yaqin yillarda Xitoy bilan rublda hisob-kitob qilish 50 foizga yetishi mumkin.

TOSHKENT, 28 iyun – Sputnik. Rossiya va Xitoy milliy valyutalarda hisob-kitobga oʻtish toʻgʻrisida hukumatlararo bitimni imzoladi. Bu haqda “Izvestiya” nashri Rossiya Moliya vaziri oʻrinbosari Sergey Storchakning xatiga asosan xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, hujjatni Rossiya bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri Anton Siluanov va Xitoy Xalq banki raisi I Gan imzoladi.

Xabarda yozilishicha, hozirgi vaqtda hisob-kitob qilish uchun yangi mexanizm yaratilmoqda. Bunda Rossiya va Xitoy oʻrtasida SWIFT tizimi boʻlishi mumkin.

Milliy valyutada hisob-kitob hajmini oshirish uchun rubl va moliyaviy vositalar bozorini yaratish kerak. Ular oʻzaro savdodagi asosiy mahsulotlar boʻyicha kurs oʻzgarishi xavfidan sugʻurtalaydi.

Hozirgi vaqtda Xitoy bilan rublda hisob-kitob qilish 10 foiz boʻlishiga qaramasdan, yaqin vaqtlarda 50 foizga yetishi mumkin. Shuningdek, avval dollarda tuzilgan shartnomalar boʻyicha ham rubl va yuanda toʻlovlar amalga oshiriladi.

AQShning Federal zaxira tizimi prognoziga koʻra, yaqin yillarda dollar asosiy zaxira valyuta maqomini yoʻqotadi.

Amerikalik ekspertlar yaqin vaqtda AQSH prezidenti Donald Tramp dollar devalvatsiyasi haqida qaror qabul qilishi mumkin deb hisoblashmoqda.

Rossiyada bir necha kun avval dollar oʻtgan yil avgust koʻrsatkichidan eng koʻp darajada pasaydi. Amerika valyutasi 62,83 rublgacha arzonlashdi.

Asosiy mavzular