21:48 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
388 0 0

2019 yilning 1 choragida Oʻzbekistonda kirib kelgan toʻgʻridan - toʻgʻri investitsiyalar miqdori aslida qancha?

TOSHKENT, 30 iyun – Sputnik. Maʼlumki, 28 iyun kuni Oʻzbekiston Markaziy banki Respublikaga kirib kelgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar boʻyicha hisobot eʼlon qilgan edi. Unga koʻra, 2019 yilning birinchi choragida Oʻzbekistonga kirib kelgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar miqdori oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravar kamayib salkam 200 mln dollarni tashkil qilgan.

Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligi ushbu hisobotdan soʻng oʻz sharhini eʼlon qildi. Unda aytilishiga koʻra, ushbu davr mobaynida Oʻzbekistonga kirib kelgan investitsiyalar miqdori 2,4 baravar koʻpayib 783 million dollarni tashkil qilgan.

Vazirlik xabariga koʻra, “jalb qilingan va oʻzlashtirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni hisoblashda xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning ustav kapitalini nafaqat pul koʻrinishida oshirilishi, balki tovarlar shaklidagi investitsiyalar, shuningdek, nomoddiy aktivlar va texnologiyalar, litsenziyalar va boshqalar inobatga olingan holda” hisoblab chiqilgan.

Yuqoridagi sharhdan soʻng oʻz oʻzidan savol tugʻiladi, "toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar" oʻzi nima?  

Xalqaro valyuta jamgʻarmasiga koʻra, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar - birinchi oʻrinda, bu kompaniyaning aktsioner kapitaliga kiritiladigan mablagʻlar. Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar miqdori muayyan davr mobaynida kirib kelgan investitsiyalardan, chiqib ketgan yoki vataniga qaytarilgan investitsiyalarni olib tashlash yoʻli bilan hisoblanadi. 

Maʼlumot uchun, XVJ statistik maʼlumotlardan butun dunyo moliyaviy institutlari foydalanadi. XVJ metodologiyasiga koʻra investitsiyalar bir necha turga boʻlinadi: Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, Portfelli investitsiyalar, Moliyaviy instrumentlar yordamida amalga oshiriladigan investitsiyalar hamda Boshqa aktivlar. Ularning batafsil tavsifi bilan quyida tanishish mumkin. 

Asosiy mavzular